G‘OYADAN PROTOTIPGACHA: INSTITUTDA STARTAP LOYIHALAR AMALIYOTGA TADBIQ ETILMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida yosh tadqiqotchilarning innovatsion salohiyatini oshirish hamda startap madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2025–2026-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan maxsus seminar-treninglar seriyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — qog‘ozdagi g‘oyalarni real, ishlovchi prototip darajasiga olib chiqishdir.

Interaktiv shaklda tashkil etilayotgan treninglar davomida talabalar quyidagi muhim bosqichlarni bosib o‘tmoqdalar:

MVP yaratish: Minimal ishlovchi mahsulotni shakllantirish texnikasi;
Biznes model: Loyihani tijoratlashtirish va bozor tahlili;
Pitch Deck: Investorlar uchun jozibador taqdimotlar tayyorlash mahorati;
Texnik yechim: G‘oyaning muhandislik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.

Navbatdagi seminarda iqtidorli talabalar S.Rahimberdiyeva hamda X.Akbaraliyevalar o‘zlarining ilmiy va ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalarini taqdim etdilar. Ishtirokchilar tomonidan loyihalarning amaliy ahamiyati bo‘yicha berilgan savollarga asosli javoblar qaytarilib, prototiplash jarayoni bevosita muhokama qilindi.

Ushbu tashabbus talaba-yoshlarning nafaqat filologik, balki tadbirkorlik va muhandislik tafakkurini boyitishga, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

​Biz nafaqat bilim beramiz, balki kelajak innovatsiyalarini yaratamiz!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Skip to content