
Andijon davlat chet tillari instituti o‘zining shonli 60 yillik yubileyi arafasida! Ushbu tarixiy sana munosabati bilan institutning yangi qiyofasini aks ettiruvchi “Eng yaxshi logotip” tanlovini ochiq deb e’lon qilamiz.
Sizning ijodingiz institut tarixiga muhrlanishi mumkin!
Tanlov g‘olibi Rektorning maxsus sovg‘asi — O‘zbekistonning eng qadimiy va go‘zal shaharlaridan biriga (Samarqand, Buxoro, Xiva yoki boshqa) sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi!
TANLOV SHARTLARI:
Mavzu: Logotip institutning 60 yillik bosib o‘tgan yo‘li, chet tillari va zamonaviy ta’limni o‘zida mujassam etishi lozim.
Originalik: Ishlar mutlaqo mualliflik huquqiga asoslangan bo‘lishi shart.
Sifat: Logotip yuqori aniqlikdagi (PNG, JPG) va tahrirlanadigan (AI, CDR yoki PSD) formatlarda taqdim etilishi kerak.
Tavsif: Har bir loyihaga logotipning ma’nosini tushuntiruvchi qisqa izoh (konsepsiya) ilova qilinishi lozim.
Ishlarni qabul qilish: 2026-yil 1-martga qadar.
G‘olibni aniqlash: 2026-yil 5-mart kuni ishchi guruh tomonidan e’lon qilinadi.
Tayyorlagan ijodiy ishlaringizni institut Matbuot xizmatining maxsus telegram botiga (@adchtiuz_bot) yoki elektron manzilimizga yuboring.
Institutimizning yangi tarixini birga yarating! Omad sizga yor bo‘lsin!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati