RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: OCHIQ MULOQOT VA SAMIMIY SUHBAT

Andijon davlat chet tillari institutida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolariga yechim topish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

 Muloqotda yoshlarning yaqin maslakdoshi va himoyachisi sifatida Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari U.Ch.Utayev hamda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida viloyat prokurori o‘rinbosari va institut rektori talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning bugungi kundagi faoliyati, kelajakdagi rejalari hamda ularni qiynayotgan masalalar bilan qiziqdilar.

 ​Tadbirda quyidagi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berildi:

 ​Huquqiy himoya: Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga rioya etish;
 ​Imkoniyatlar eshigi: Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro grantlar va zamonaviy ta’lim standartlari;
 ​Jinoyatchilik profilaktikasi: Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati.

 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan rahbarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildilar. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

​Bizning maqsadimiz — yoshlarimizning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib kelajak yaratish!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content