BOG‘I BOBURDA MA’NAVIYAT BAYRAMI: INSTITUT JAMOMASI ULUG‘ AJDODIMIZNI YOD ETDI

​Andijonning ardoqli farzandi, buyuk shoir va sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan «Bog‘i Bobur» majmuasida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lgan ushbu tantanada Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Institutimiz vakillari Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Siddikov boshchilik qildi.

​ Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari buyuk bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, uning porloq xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatdilar.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bobur merosining nafaqat tarixiy, balki bugungi yoshlar tarbiyasidagi ulkan ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

​ Andijon davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari tomonidan Bobur Mirzoning g‘azal va ruboiylari o‘zbek va xorijiy tillarda mahorat bilan ijro etildi. Bu esa buyuk ajdodimiz ijodining umumbashariy ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Boburning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi, «Boburnoma» asarining qadri hamda sarkardalik salohiyati haqida so‘z yuritdilar. J.Siddikov ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar talabalarning qalbida milliy g‘urur va vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

​Zahiriddin Muhammad Bobur — mangu barhayot siymo!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content