XALQARO E’TIROF: INSTITUT TALABALARI XITOY TILI BO‘YICHA YUKSAK NATIJALARNI QAYD ETISHDI

Andijon davlat chet tillari institutida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq va yaratilgan sharoitlar o‘z mevasini bermoqda. Institutimizning 21 nafar iqtidorli talabasi xitoy tilini bilish darajasini belgilovchi nufuzli HSK (Hanyu Shuiping Kaoshi) xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

 Ushbu muvaffaqiyat munosabati bilan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i K.Karimov sertifikat egalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalarning erishgan natijalari alohida e’tirof etilib, ularga xalqaro namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

 HSK — xitoy tili ona tili bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholaydigan xalqaro standartlashtirilgan imtihondir. ​Imtihon 6 ta darajadan iborat bo‘lib, sertifikat xalqaro darajada tan olinadi. Ushbu hujjat Xitoy universitetlarida o‘qish va nufuzli xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

 K.Karimov o‘z nutqida talabalarni tabriklar ekan, bugungi kunda Sharq tillarini, xususan xitoy tilini mukammal egallash yosh mutaxassislar uchun ulkan karyera eshiklarini ochishini ta’kidladi. Talabalarga o’z bilimlarini yanada mustahkamlash va kelgusida eng yuqori darajalarni (C2/6-daraja) egallashlari bo’yicha tavsiyalar berildi.

​ Andijon davlat chet tillari instituti — Bizning talabalar dunyo bilan tillashadi!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Skip to content