MALAYZIYA VA AVSTRALIYA UNIVERSITETLARI BILAN YANGI ISTIQBOLLAR

 ​Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va talabalarga jahon andozalaridagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida navbatdagi nufuzli uchrashuv hamda seminar tashkil etildi.

 Institutimizga nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari tashrif buyurdilar:

 ​Mahloil Farmonov — City University Malaysia vakili;
 ​Abdukholikov Abdulaziz — MAHSA University (Malayziya) vakili;
 ​Firuzjon Gulov — Murdoch University (Avstraliya) vakili.

Mehmonlar tomonidan talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun o‘tkazilgan maxsus vebinarda quyidagi masalalar yoritildi:

 ​Ta’lim yo‘nalishlari: Malayziya va Avstraliya universitetlaridagi zamonaviy fakultetlar va o‘quv dasturlari;
 ​Grant dasturlari: Xalqaro talabalar uchun ajratilgan grantlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi;
 ​Shart-sharoitlar: Xorijda o‘qish, yashash va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar.

Uchrashuvning eng muhim yangiligi — xorijiy oliygohlar vakillari tomonidan Andijon davlat chet tillari instituti talabalari uchun 70 foizgacha chegirmalar taqdim etilishi bo‘ldi. Bu imkoniyat talabalarimizning dunyoning eng nufuzli universitetlarida bilim olishlari uchun keng yo‘l ochadi.

✔️ Mazkur tashrif institutning xalqaro nufuzini oshirish bilan birga, talabalarning global mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlarida navbatdagi strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content