INSTITUT BIRINCHI PROREKTORI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA ISHTIROK ETMOQDA

Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z ishini boshladi.

 Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari uchun tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslarida Andijon davlat chet tillari instituti birinchi prorektori J.Siddikov ham ishtirok etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarining ochilishida soha mutaxassislari, jumladan, ​O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, ​Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, ​Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Husniddin Ahmedovlar dolzarb ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

 Ikki kunlik o‘quvlar davomida Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari, diniy-ma’rifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini mustahkamlash masalalari atroflicha tahlil qilinmoqda.

Mazkur malaka oshirish kurslari yakunida olingan bilim va ko‘nikmalar institutimizda ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content