INSTITUT TASHKIL TOPGANLIGINING 60 YILLIGI MUNOSIB NISHONLANADI

​Bugun institutda muhim tarixiy sana — oliygoh tashkil etilganligining 60 yilligi bayramini yuqori saviyada kutib olish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 ​Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov raisligida o‘tgan yig‘ilishda fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

 ​Yig‘ilish kun tartibida sana munosabati bilan bayram tantanalarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida prorektor M.Kurbanov har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berib, ushbu sanani shunchaki bayram sifatida emas, balki institutning ilmiy va pedagogik salohiyatini yangi bosqichga olib chiquvchi poydevor sifatida nishonlash zarurligini ta’kidladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content