

Andijon davlat chet tillari institutida O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i K.Karimov raisligida kengaytirilgan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi mas’ullari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda institutning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga oid quyidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi:
Xalqaro talaba almashinuvi: Xalqaro hamkorlik bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro institutlar bilan talabalar almashinuvi dasturlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi. Bunda talabalarning chet tillarini amaliy o‘zlashtirishlari uchun xorijiy tajribani tatbiq etish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Dual ta’lim va amaliyot: Nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash, talabalarning ish jarayonida malaka hosil qilishlari uchun dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Kuzgi semestr tahlili: Yakunlangan semestr natijalari tahlil qilinib, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafedra mudirlariga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Prezident qarori ijrosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-265-sonli qarori doirasida belgilangan vazifalarning ijro holati tanqidiy tahlil qilindi.
Hududiy ko‘mak: Institutga biriktirilgan chekka hududlar — Paxtaobod, Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlaridagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Yig‘ilish yakunida o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va hududiy hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Text box item sample content
Text box item sample content