

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilk bor barcha davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini qamrab oluvchi Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Bugun ushbu yirik loyiha doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillari Andijon davlat chet tillari institutida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan mazkur so‘rovnomaning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, hozirda respublika bo‘ylab davom etayotgan ushbu jarayon quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:
Tahliliy manbaa: Oliy ta’limdagi tizimli muammolarni aniqlash va ularga yechim topish;
Sifat nazorati: Ta’lim olish va kasbiy faoliyat uchun yaratilgan sharoitlarni, shuningdek, boshqaruvning raqamlashtirilganlik darajasini baholash;
Reyting ko‘rsatkichlari: Milliy reyting uchun zarur bo‘lgan shaffof va xolisona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Institutimizda o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida anonim so‘rovnoma jarayonlariga start berildi. Eslatib o‘tamiz, umummilliy miqyosdagi ushbu tadqiqot hali davom etmoqda va u ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda talabalar va pedagoglar, keyingi bosqichda esa ish beruvchilarning fikrlari o‘rganiladi.
Siz ham So’rovnomada faol qatnashing: https://survey.hemis.uz/
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmat
Text box item sample content