Andijon davlat chet tillari institutida “Doktorantlar bitiruv kechasi – 2025” bo‘lib o‘tdi

 Bugun, 25-dekabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida ilmiy faoliyatga sadoqat, izlanish va yuksak ma’naviy mas’uliyat timsoli bo‘lgan “Doktorantlar bitiruv kechasi – 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ochib berib, bitiruvchi doktorantlarni muborakbod etdi. O‘z nutqida rektor ilmiy kadrlar tayyorlashning davlat siyosatidagi o‘rni, yosh tadqiqotchilar zimmasidagi mas’uliyat, ilm-fan taraqqiyotida doktorantlarning faol ishtiroki haqida so‘z yuritdi hamda ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir doirasida:

 1-bosqich doktorantlarini tantanali tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi;
 doktorantlarning ilmiy chiqishlari va taqdimotlari tinglandi;
 ilmiy izlanishlar mazmuni va natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi;
 sahna ko‘rinishlari orqali ilm, ma’naviyat va ijod uyg‘unligi namoyish etildi;
 doktorantlar hamda talabalarning badiiy-ijodiy chiqishlari ishtirokchilarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi.|

Tadbir ilmiy muhitda fikr almashinuvi, tajriba uzatish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Ayniqsa, Filologiya fanlari doktori, professor M.Umarxoʻjayev, Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor M.Kurbanovlar tomonidan bildirilgan fikr hamda tavsiyalar barchaga keyingi ilmiy faoliyati uchun dastur boʻldi.

 Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar, doktorantlar, magistrantlar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 “Doktorantlar bitiruv kechasi – 2025” nafaqat ilmiy yutuqlar e’tirofi, balki yosh olimlarning kelgusi ilmiy yo‘liga dadil qadam qo‘yishlari uchun muhim turtki bo‘ldi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content