INSTITUT TALABALARI RAHBARIYAT E’TIROFIDA

 Bugun — 20.12.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi Kengash yig’ilishi avvalida yana bir qancha quvonchli xabarlar e’lon qilindi.

 Institutning bir qancha talabalari soʻnggi oylar davomida viloyat hamda respublika koʻrik-tanlovlarida gʻolib hamda sovrindorlar safida boʻldilar. Ular va ularning Ota-onalari institut rektori D.A.Rustamov tomonidan maxsus «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar:

1. Nodira Nurbuvayeva — Prezident granti sohibasi (25 000 000 soʻm pul mukofoti hamda grant asosida magistratura bosqichiga yoʻllanma. Ilmiy rahbari: Muzaffar Kurbanov);

2. Oysha Mahammadjonova — «Eng yaxshi AI sohasidagi gʻoya» respublika tanlovida «Hunarmand» nomli startap loyihasi bilan 3-oʻrin sohibasi (oʻz loyihasini amalga tadbiq etish uchun 5 000 $ miqdorida moddiy ragʻbat. Ilmiy rahbari: Feruzaxon Rustamova);

3. Maftuna Xajibayeva — Andijon Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan “InnoX” biznes-inkubator va akselerator dasturining  7-mavsumi yakunida tashkil qilingan tanlovda 1-oʻrin sohibasi (1 000 000 soʻm moddiy ragʻbatlantirish. Ilmiy rahbari: Ahadjon Ataboyev);

4. Surayyo Oʻrinboyeva — Andijon Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan “InnoX” biznes-inkubator va akselerator dasturining  7-mavsumi yakunida tashkil qilingan tanlovda 2-oʻrin sohibasi (1 000 000 soʻm moddiy ragʻbatlantirish. Ilmiy rahbari: Nargizaxon Qodirova).

Bundan tashqari 2025-yil davomida fakultetlar kesimida eng yaxshi deb topilgan quyidagi talabalar hamda ularning ota-onalari ham maxsus «Tashakkurnoma» hamda planshetlar bilan taqdirlandilar:

1. Mubinaxon Sodiqova — Roman-german va slavyan tillari fakulteti talabasi;

2. Sultonmurod Mamasoliyev — Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi;

3. Mushtariy Rasulova — Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content