ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TALABALARI “TALABALAR TEATR STUDIYASI” TANLOVIDA ISHTIROK ETDI

 Bugun Andijon viloyati musiqali drama teatrida Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur tanlovda Andijon davlat chet tillari institutining “Ibrat” teatr studiyasi a’zolari mezonlar bo‘yicha munosib natijalarni qayd etib, institutimiz talaba-yoshlarining san’atga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy salohiyati yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdilar. Jamoa tomonidan taqdim etilgan sahna asari tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan iliq kutib olindi.

Tanlov talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, teatr san’ati orqali ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda madaniy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, estetik didini shakllantirish hamda teatr san’ati orqali tarbiyaviy ahamiyatga ega g‘oyalarni targ‘ib etishga xizmat qildi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra, Andijon davlat chet tillari institutining “Ibrat” teatr studiyasi viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoa a’zosi Kamoliddin Mamatqulov “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content