ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “AKSILKORRUPSIYA VOLONTYORLARI” YOSHLAR HARAKATI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

 Andijon davlat chet tillari institutida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, bugun — 06.12.2025-yil kuni Antikorrupsiya monitoring guruhi qoshida tashkil etilgan “Aksilkorrupsiya volontyorlari” yangi yoshlar harakatining taqdimoti hamda harakatning kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Antikorrupsiya monitoring guruhi rahbari O.Vositov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamajonov hamda ushbu harakat a’zolari ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning faolligi, shaffoflik va halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, “Aksilkorrupsiya volontyorlari” harakatining maqsad va vazifalari, amalga oshiriladigan loyihalar, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.

 Tadbirda volontyor yoshlarning kelgusidagi faoliyati, institutda korrupsiyaga qarshi immunitetni kuchaytirish, talabalar ongida halollik va mas’uliyatlilik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha batafsil rejalar muhokama qilindi.

 Mazkur tashabbus institutda antikorrupsiya madaniyatini yuksaltirish, talabalarni ijtimoiy faollikka chorlash va halollik muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content