IELTS VA MULTILEVEL BOʻYICHA MASTER-KLASS MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

 2025-yil 4-dekabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi tashabbusi bilan IELTS va Multilevel yo‘nalishlariga bag‘ishlangan master-klass bo‘lib o‘tdi.
 
 Tadbir institut Faollar zalida tashkil etilib, talaba-yoshlar, o‘qituvchilar va yosh mutaxassislar faol ishtirok etdilar.
 
 Master-klass spikerlari:
 
 Tim — English With Tim o‘quv markazi direktori, IELTS bo‘yicha tajribali trener.
 Teacher Muzaffar — Multilevel bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis, samarali ta’lim texnologiyalari muallifi.
 
 Ustozlar tomonidan:
 
 IELTS va Multilevel imtihonlarida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar;
 samarali o‘qish, tinglash va yechish strategiyalari;
 real topshiriqlar asosida amaliy mashg‘ulotlar;
 ishtirokchilar bilan savol-javob va interaktiv muloqotlar o‘tkazildi.
 
 Talabalar ushbu dars davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, imtihonga tayyorlanishda samaradorlikni oshiruvchi yangi yondashuv va tamoyillar bilan yaqindan tanishdilar.
 
Tadbir yakunida spikerlarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.
 
 Ushbu master-klass institutimizda talabalarning til kompetensiyasini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va xalqaro imtihonlarga sifatli tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
 
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Skip to content