

2025-yil 4-dekabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar uchun navbatdagi mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Institutga Germaniya va respublikamizning qator tashkilotlaridan mehmonlar tashrif buyurdi.
Leya Grovberger — Germaniyadagi “Starcasse” jamg‘armasi mutaxassisi; N.Jumaniyozov — O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi bosh mutaxassisi; A.Dehqonov — Andijon viloyati Raqobat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi mehmonlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatini institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O.Vositov ochib berdi va mehmonlar faoliyati hamda uchrashuvning maqsadi haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Roman-german va slavyan tillari fakultetining Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.Azamov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, shuningdek, nemis tili yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida:
Germaniyaning “Starcasse” jamg‘armasi loyihalari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
mamlakatimizda raqobat siyosati, adolatli bozori tamoyillari va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari;
yoshlarning iqtisodiy savodxonligi, tashabbuskorligi va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari kabi mavzular atroflicha yoritildi.
Talabalar mehmonlarga o‘z savollarini yo‘llab, Germaniyada ta’lim va grant dasturlari, iqtisodiy sohadagi xalqaro amaliyotlar haqida qo‘shimcha ma’lumot oldilar.
Uchrashuv ishtirokchilarda keng dunyoqarash, amaliy bilim va xalqaro tashkilotlar faoliyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati