Andijon davlat chet tillari instituti — “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida munosib e’tirof etildi!

 2025-yil 27–29-noyabr kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) doirasida “Turizm, ta’lim va fan: kelajakka nazar” xalqaro turizm forumi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur nufuzli forumning dastlabki kunida turizm sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim vakillari va tajribali ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi kunida esa O‘zbekistonning turizm salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan tashkilot va oliy ta’lim muassasalari taqdirlandi.

 Faxr bilan aytamizki, taqdirlanganlar safida Andijon davlat chet tillari instituti ham munosib o‘rin egalladi!

 Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Muxtorovich Niyazov, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Yelena Vyacheslavovna Golisheva kabi sohada yetakchi rahbar va mutaxassislar ishtirok etdilar.

 Andijon davlat chet tillari instituti nomiga taqdim etilgan maxsus “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovgʻani institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jahongir Nosirilloyevich Siddikov qabul qilib oldi.

 Bu e’tirof — jamoamiz mehnati, fidoyiligi, bilim va salohiyatiga berilgan yuksak bahodir!

 Andijon davlat chet tillari instituti bundan buyon ham: xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turizm sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat yuritadi.

 Andijon davlat chet tillari institutining ushbu muvaffaqiyati bilan barchani chin dildan tabriklaymiz! Yangi marralar sari birga harakat qilishda davom etamiz!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content