BUYUK AJDODLARIMIZ — GʻURUR, FAXRIMIZ!

 Andijon davlat chet tillari institutida jahon ilm-fan taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosini yoshlar qalbiga chuqur singdirish, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va tarixiy xotira tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

 Shu munosabat bilan bugun Ingliz tili va adabiyoti fakultetida «Buyuk ajdodlarimiz — g‘urur, faxrimiz» mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Otabek Vositov ochib berib, tanlovning maqsadi, yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan hurmatini oshirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

 Tanlov jarayonida ishtirokchi talabalar ajdodlarimizning jahondagi ilmiy-falsafiy maktablarga qo‘shgan hissasi, ularning bugungi taraqqiyotdagi o‘rni va ibratli hayoti haqida o‘z fikr-mulohazalari va ijodiy qarashlarini namoyish etdilar.

 Eng yaxshi ishlar hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, g‘oliblar keyingi kunlarda taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Milliy o‘zlikni anglash — buyuk kelajak sari ishonch bilan qadam qo‘yish.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content