DOKTORANTURA (DSc) UCHUN KIRISH IMTIHONLARI BO’LIB O’TDI

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bo’yicha hukumat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Institut tashkil etilganda 17 foizni ko’rsatgan ilmiy salohiyatning oradan 2 yildan ortiqroqqina vaqt o’tib 45 foizga ko’tarilgani ham so’zimizning isboti bo’la oladi.

Ayni kunlarda oliy ta’limdan keyingi institutga qabul imtihonlari bo’lib o’tmoqda. Xususan, bugun – 25.11.2024-yil kuni doktorantura (DSc) uchun kirish imtihonlari bo’lib o’tdi.

Imtihon avvalida institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov so’z olib, bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni oshirish, izlanuvchilar uchun yetarli shart-sharoit yaratish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tib, barcha talabgorlarga omad tiladi. Shundan so’ng talabgorlar komissiya a’zolariga og’zaki tarzda imtihon topshirdilar.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content