

Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida tashkil etilgan ilmiy maqolalar tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlar tomonidan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati xususida ilmiy izlanish va tahlillarga asoslangan maqolalar taqdim etildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Toyirjonova Muslimaxon Nodirjon qizi, Ingliz filologiyasi o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi;
2-o‘rin — Abdumannobova Zahro Sharibjon qizi, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi;
3-o‘rin — Muhammadova Muslima Dilshodbek qizi, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tanlov ishtirokchilar uchun katta motivatsiya bo‘lib, Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, huquqiy bilim va madaniyatni oshirishga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati