Ijodiy uchrashuv: Adabiyot va ma’naviyat — yoshlar bilan

9

 Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar ishtirokida yirik adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi rahbari, “Abdulla Vaxsh” taxallusi bilan tanilgan Abdulla Axmatovich Mengqobilov, shoira “Shaxloxon” taxallusi bilan mashhur Shaxlo Abdulxakimovna, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sobirov Abdulhay Shukurovichlar ishtirok etdilar.

 Uchrashuvni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Siddiqov olib bordi.

 Tadbir davomida ijodkorlar talaba-yoshlar bilan adabiyotning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, badiiy tafakkur, vatanparvarlik g‘oyalari, ijod jarayoni hamda zamonaviy adabiy yo‘nalishlar haqida suhbatlashdilar. Yozuvchi va shoirlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirdilar, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.
Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirib, ularni ijodga, kitob mutolaasiga va ma’naviy yuksalishga undadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content