TALABA-YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 Bugun — 19.11.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida “Yoshlar — tinchlik va barqarorlik poydevori” mavzusida talaba-yoshlar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

 Uchrashuvda quyidagi mehmonlar qatnashdi:

 Mayor Xojiyev Farrux Soliyevich — Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati TКХ boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili;

 Leytenant Qodirova Durdonaxon Rustamovna — Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati TКХ boshqarmasi katta mutaxassisi;

 Mayor A.B.Xamrayev — Andijon viloyati IIB TКХ TЭККB yetakchi mutaxassisi.

 Uchrashuvni Institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Siddikov olib bordi.

 Tadbirda yoshlarning maʼnaviy immunitetini yuksaltirish, ekstremizm va terrorizmning zamonaviy ko‘rinishlari, ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlaridan himoyalanish, yot g‘oyalarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga qonunchilik, huquqiy madaniyat va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati borasida batafsil tushunchalar berildi.

 Uchrashuv savol-javob ruhida o‘tdi va talabalarning faol ishtiroki, qiziqishlarini uyg‘otdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content