

Yurtimizda xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar samarasi o‘laroq, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalari yoshlarning salohiyatini namoyish etish uchun muhim maydonga aylanmoqda. Bugungi kunda talabalar faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmay, balki o‘z mahoratini amaliy ko‘nikmalar orqali sinovdan o‘tkazmoqda. Ayniqsa, chet tillari bo‘yicha respublika miqyosidagi musobaqalarda institutlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib, har bir talabaning individual tayyorgarligi bilan birga, ta’lim muassasasining umumiy ilmiy salohiyatini ham aks ettirmoqda.
Talabalarimiz 2025 yil 11–12-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon va arab tillari bo‘yicha fan olimpiadasida ishtirok etib, O‘zbekiston bo‘yicha 43 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tegishli tillar kesimida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu muvaffaqiyat Andijon davlat chet tillari institutining yutuqlaridan biri sifatida alohida e’tiborga loyiqdir.
Fan olimpiadasi talabalarning chet tillaridagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularni amaliyotda qo‘llash imkonini beruvchi muhim platforma hisoblanadi. Talabalarimiz yuqori tayyorgarlik bilan ishtirok etishgan bo‘lib, har bir til bo‘yicha chuqur bilim, intilish va mas’uliyatni namoyish etdilar. Ushbu natijalar institutimizdagi ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarimizning professionalligi hamda talabalarimizning salohiyatidan dalolat beradi. Andijon davlat chet tillari institutining bunday muvaffaqiyatli ishtiroki o‘z navbatida ta’lim dargohimizning obro‘sini yanada oshiradi. Talabalarimiz xalqaro miqyosda tan olingan kompetensiyalarga ega ekanliklarini isbotlash bilan birga, kelajakdagi professional faoliyatlari uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bunday yutuqlar chet tillarini o‘rganishga qiziqishni kuchaytirib, o‘quv jarayoniga yangi motivatsiya olob kiradi.
Talabalarimizning fan olimpiadasidagi muvaffaqiyatlari nafaqat ularning individual yutuqlari, balki Andijon davlat chet tillari institutining jamoaviy mehnati sifatida qadrlanadi. Bu natija kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar ochadi va O‘zbekiston ta’lim tizimidagi salohiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.