

Bugun — 14-noyabr 2025-yil kuni 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Andijon davlat chet tillari institutida quvonchli va fayzli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori X.Xasanova tashabbusi bilan tashkil etilgan UNO jamoasi tomonidan uyushtirildi.
ALTAIIM binosi oldida o‘tkazilgan konsert dasturi talabalarni yuqori kayfiyat, mehr-muhabbat va do‘stlik ruhida birlashtirdi. Dastur davomida:
ijodkor talabalar tomonidan musiqiy va vokal chiqishlar;
raqslar va sahna ko‘rinishlari; jonli ijrolar va qiziqarli sahna lahzalari;
talabalar uchun quvnoq sovg‘alar va interaktiv o‘yinlar namoyish etildi.
Tadbir tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi hamda talabalarning badiiy mahorati, iste’dodi va ijodiy salohiyatini namoyish etdi. Konsert jarayonida bayramona ruh, shiddatli qarsaklar va bir-biriga hurmat ruhidagi iliq muhit hukm surdi.
Institut rahbariyati ushbu tashabbus uchun tashkiliy jamoaga minnatdorlik bildirib, yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini e’tirof etdi.
Tadbir nihoyasida barcha ishtirokchilar Xalqaro talabalar kunini yuksak kayfiyatda nishonlab, fotografiya va videolavhalar orqali yorqin xotiralarni muhrlab qolishdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati