12

👍 Bugun — 12.11.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, soha uchun mas’ul rahbar xodimlar, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, axborot-resurs markazi hamda talabalar turar joylari mas’ullarining faoliyatini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Rektor D.A.Rustamov yoshlarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijarada yashovchi talabalar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, TTJlarda yaratilgan sharoitlarni yaxshilash hamda qishki mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilishda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ogohlik va qonuniylik ruhida tarbiyalash, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazish, talabalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalish sifatida kuchaytirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama barkamol, Vatanga sadoqatli kadrlar sifatida tarbiyalash yo‘lida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur yig‘ilish institutda olib borilayotgan tarbiyaviy va profilaktik ishlarning sifatini oshirish, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati