
Andijon davlat chet tillari institutida talabalar ijodiy salohiyatini namoyon etish, sahna madaniyatini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida fakultetlararo “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov institut faollar zalida o‘tkazilib, unda uchta fakultet jamoasi o‘z sahna chiqishlarini namoyish etdilar. Har bir jamoa o‘z chiqishida zamonaviy talabaning dunyoqarashi, vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar, mehr va sadoqat, ustoz-shogird munosabatlari kabi dolzarb mavzularni badiiy ifoda etishga harakat qildi.
Tadbir davomida talabalar sahna madaniyati, aktyorlik mahorati va ijodiy yondashuvi bo‘yicha baholandi. G‘olib jamoalar institut ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati