HAMKORLIK RISHTALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

 Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Rossiya Federatsiyasidan A.S.Pushkin nomidagi Moskva davlat rus tili universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif “Posli russkogo yazika” (“Rus tili elchilari”) loyihasi doirasida amalga oshirildi.

 Dastlab mehmonlar institutning Roman-german va slavyan tillari fakulteti Rus tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mas’ulligida tashkil etilgan madaniy tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir davomida rus tili va madaniyatini o‘rganishga oid ma’lumotlar berilib, talabalarga bag‘ishlab master-klasslar, viktorinalar va turli interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

 Volontyorlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Institut talabalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etishdi. Tashrif yakunida mehmonlar faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

 A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat universiteti volontyorlari dasturi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Institut rahbariyati bu kabi hamkorlik tashriflari o‘quv jarayonini yanada boyitish, xorijiy tajriba almashish hamda talabalar dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content