

Andijon davlat chet tillari institutida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan talabalar uchun ochiq havoda “Kinokecha” madaniy tadbiri oʻtkazildi.
Ushbu tadbir institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.Kurbanovning kirish soʻzlari bilan boshlandi. Shundan soʻng yigʻilganlar “F1” nomli tezlik, fidoyilik va g‘alabaga ishonch haqida hikoya qiluvchi filmni tomosha qildilar. Tadbir institut hovlisida, ochiq osmon ostida, samimiy va iliq muhitda oʻtkazildi.
Mazkur tashabbus professor-oʻqituvchilarning madaniy hordiq chiqarishi, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda do‘stona muhitda muloqot qilish imkoniyatini yaratdi.
Kino kechasi tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi va institutda madaniy-ma’rifiy hayotning yana bir yorqin sahifasiga aylandi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati