TONGNI XUSHXABAR BILAN BOSHLAYMIZ!

 Qirol Sejong Institutlari jamg‘armasining taklifiga binoan hozirda Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Andijon davlat chet tillari instituti talabasi — Tohirov Nurmuhammad yozish bo‘yicha xalqaro saralash musobaqasida faxrli mukofotga sazovor bo‘ldi!

 Mazkur yutuq Nurmuhammad tomonidan nafaqat institut, balki butun O‘zbekiston nomini munosib himoya etgan g‘ururli natijadir. U boshqa davlatlarning eng ilg‘or Sejong institutlari vakillari bilan bellashib, o‘z bilim va ijodiy salohiyati bilan ajralib chiqdi hamda hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

 Joriy yilda Qirol Sejong Institutlari jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlariga dunyodagi 206 nafar eng iqtidorli talaba taklif etilgan bo‘lib, ulardan biri — Andijon davlat chet tillari institutining Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Tohirov Nurmuhammaddir.

 Bu yutuq institutimizda koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik samarasi va yoshlarning chet tillarni mukammal o‘zlashtirishga bo‘lgan yuksak intilishining yorqin ifodasidir.

 Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi Nurmuhammadni ushbu katta g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz nomini yuksaklarda jaranglatayotgan bunday yoshlar bilan faxrlanamiz!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content