
Bugun, 2025-yil 15-oktabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida keng qamrovli “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri tashkil etildi.
Fakultetning Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mas’ulligida boʻlib oʻtgan tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi O.Vositov ochib berdi. Unda institut va fakultet rahbariyatidan vakillar, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Talabalar tomonidan:
milliy liboslar namoyishi;
milliy kuy va qo‘shiqlar ijrosi;
hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, qadrlash va kelgusi avlodlarga yetkazish mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti bundan buyon ham talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati