

Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlik doirasida yangi bosqich boshlandi. Institutda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “English Sprint – 2025” dasturi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan mutaxassislar tashrif buyurdilar.
Ularni institut rahbariyati hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ullar tantanali tarzda kutib oldilar. Tashrif davomida mehmonlarga institut faoliyati, xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or tajribalar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
“English Sprint” — bu qisqa muddat ichida ingliz tili ko‘nikmalarini tez va samarali rivojlantirishga qaratilgan innovatsion o‘quv dasturi bo‘lib, u amaliy mashg‘ulotlar, interfaol muloqot, hamda tajribali xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi treninglarni o‘z ichiga oladi.
Mutaxassislar bilan birgalikda tashkil etiladigan darslar orqali talabalar nafaqat tilni mukammal o‘zlashtirish, balki xalqaro kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu dastur doirasidagi mashgʻulotlar 4 kun davom etadi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati