Talabalar turar joyida samimiy muloqot va madaniy kecha

 Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori J.Siddikov talabalar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning yashash va taʼlim olish sharoitlarini oʻrganish maqsadida Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida prorektor talabalar istiqomat qilayotgan xonalarni, yaratilgan sharoitlarni va olib borilayotgan sport toʻgaraklari faoliyatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, u oshxonadagi gigiyenik va maishiy sharoitlar bilan tanishib, u yerdagi talabalar bilan samimiy suhbatlashdi.

 J.Siddikov yoshlarning faol, intiluvchan va ijobiy fikrlari, turar joyda yaratilgan iliq muhitdan mamnun ekanliklarini eshitib, ularga o‘qish va hayotda muvaffaqiyat tiladi.

Kecha so‘ngida talabalar ishtirokida madaniy konsert dasturi tashkil etilib, unda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar va maroqli hordiq chiqardilar.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content