Koreys alifbosi – madaniyat ko‘prigi

9

 2025-yil 9-oktabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida Koreya Respublikasida nishonlanadigan Qirol Sejong kuni munosabati bilan “Koreys alifbosi – madaniyat ko‘prigi” mavzusida ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunosligi fakultetining Filologiya va tillarni oʻqitish: Koreys tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 1, 2 va 3-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar. Ularni institut va fakultet rahbariyatidan vakillar, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar tomosha qildilar.

 Dastur davomida talabalar koreys xalqining milliy raqslari, qo‘shiqlari va sahna chiqishlari orqali Koreya madaniyatining boy an’analari va san’atini namoyish etdilar. Shuningdek, koreys yozuvi — Hangul tarixiga bag‘ishlangan taqdimotlar, viktorinalar va ijodiy chiqishlar orqali talabalar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar.

 Tadbirda ta’kidlanganidek, Qirol Sejong tomonidan yaratilgan koreys yozuvi nafaqat milliy identitet timsoli, balki bugungi kunda turli xalqlar o‘rtasida madaniy muloqot va do‘stlik ko‘prigiga aylangan. Aynan shu maqsadda tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlarning koreys tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content