Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlik yoʻnalishida yangi qadam

 Joriy yil sentabr oyi boshida Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamovning Amerika Qoʻshma Shtatlariga xizmat safari doirasida qator nufuzli tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur uchrashuvlarda dastlabki hamkorlik shartlari kelishib olingan edi.

Ushbu tashrif natijasi sifatida kuni kecha institut rektori D.A.Rustamov va masʼullar ishtirokida Amerikaning UGL logistika kompaniyasi HR bo‘limi bilan ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot tashkil qilindi.

 Suhbat davomida institut talabalari uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, ularni xalqaro mehnat bozorida qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar oʻz takliflarini bildirib, istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

 Kelgusi uchrashuvlarda hamkorlikning aniq shartlari toʻliq kelishilgan holda shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayon institutimizning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content