TALABALAR BOʻSH VAQTINI MAZMUNLI OʻTKAZISH CHORALARI KOʻRILADI

 Andijon davlat chet tillari institutida rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligida institut mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Talabalar turar joyining faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga qaratilgan to‘garaklar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalarning intellektual va ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda sport mashg‘ulotlarini keng yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

 Mazkur yig‘ilish talabalar turar joyida tarbiyaviy jarayonlarni samarali tashkil etish, talabalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlari uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content