INSTITUTGA YOSHLAR YETAKCHISI SAYLANDI

 Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yigʻilishi oʻtkazildi. Tadbirda institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi Shohrux Tojidinovich Abdusamatov hamda delegatlar ishtirok etdilar.

 Yigʻilishda dastlab institut Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov oʻtgan oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Hisobot yuzasidan rahbariyat va mas’ullarning fikr-mulohazalari tinglanib, faoliyat delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi.

 Shundan soʻng Yoshlar yetakchiligiga saylov jarayoni oʻtkazildi. Unda 220 nafar delegatdan 174 nafari ovoz berib, Abdulxamidov Izzatillo Shuhratillo oʻgʻli Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar yetakchisi lavozimiga qayta saylandi.

 Yigʻilish yakunida institut Yoshlar Kengashining yangi oʻquv yili uchun yillik ish rejasi belgilab olindi, shuningdek, yoʻnalish va fakultetlar kesimida koordinatorlar tayinlandi.

 Mazkur tadbir Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, talabalarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content