
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Tabarruklar ichra tabarruk — Ustoz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir fakultet tyutori N.Yusupova tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Siddikov boshchiligidagi institut rahbariyati, fakultet dekani K.Karimov boshchiligidagi fakultet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi. Talabalar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar, she’rlar va samimiy tabriklar ustozlarga bag‘ishlangan bayram ruhini yanada ko‘tarinkiga aylantirdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati