YANA BIR XALQARO TASHKILOT BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turgan Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi delegatsiya Gorchakov nomidagi ommaviy diplomatiyani qo‘llab-quvvatlash fondi ijrochi direktorining o‘rinbosari S.V.Orlov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 Imzolangan shartnoma asosiy quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

 InteRussia stajirovkasi uchun alohida kvota va to‘liq moliyalashtirish — fond tomonidan Andijon davlat chet tillari instituti uchun InteRussia stajirovkalariga maxsus kvota ajratilib, ushbu stajirovkalar to‘liq moliyalashtiriladi;

 Xalqaro konferensiyalar va tadbirlarda rossiyalik olimlarni moliyalashtirish — Gorchakov fondi rossiyalik olimlarning Andijon va O‘zbekistonning xalqaro ilmiy tadbirlarida ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga mablag‘ ajratadi;

 Madaniyatlararo ilmiy va fundamental loyihalarni moliyalashtirish — Andijon viloyati Rus madaniyati markazi orqali madaniyatlararo ilmiy tadqiqotlar va fundamental loyihalar uchun qo‘shma moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi;

 Rus tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik — rus tilini o‘qitish jarayonlarida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, metodik yordam, o‘qituvchilarni malaka oshirish kurslari hamda o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi fond vakillariga samarali muzokaralar va konstruktiv hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdilar. Ushbu hamkorlik institutimizning xalqaro faoliyatini yanada boyitadi va talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content