
Bugun, 2025-yil 24-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida keng qamrovli “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori J.Siddikov ochib berdi. Unda institut va fakultet rahbariyatidan vakillar, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Talabalar tomonidan:
milliy liboslar namoyishi;
milliy kuy va qo‘shiqlar ijrosi;
hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, qadrlash va kelgusi avlodlarga yetkazish mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti bundan buyon ham talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati