
Andijon davlat chet tillari institutida dars mashg‘ulotlari talabalarga sifatli ta’lim berish, ularni o‘z kasbining yetuk mutaxassisi qilib tarbiyalash maqsadida samarali tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar hamda interfaol usullardan keng foydalanib, talabalar bilimini nazariy va amaliy jihatdan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Ta’lim jarayonida talabalar nafaqat bilim olmoqda, balki mustaqil fikrlash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallash, jamoada ishlash va amaliy tajribalarni boyitish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Mazkur yondashuv institutda ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hamda talabalarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati