INSTITUT YOSHLAR KENGASHIGA NOMZODLAR UCHUN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

1

 2025-yil 19-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari institutining Faollar zalida Yoshlar kengashi uchun o‘tkaziladigan kasting arafasida talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda institut rektorining Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi F.Mirzayevlar ishtirok etdilar.

Mazkur suhbatda talabalarga tanlov jarayoni, undagi mezonlar va baholash tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tajribali rahbarlar o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga yetakchilik, tashabbuskorlik va faollik borasida muhim tavsiyalar berdilar. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bemalol berib, ularga atroflicha javob oldilar.

 Davra suhbati yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularni faollik va yetakchilikka da’vat etish, shuningdek, kelgusida Yoshlar kengashi faoliyatida munosib ishtirok etishga ruhlantirishga xizmat qildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content