
Andijon davlat chet tillari institutida ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida olimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.Kurbanov olib bordi. Tadbir davomida institut olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ularning ilmiy jamoatchilikdagi oʻrni va istiqboldagi rejalari haqida batafsil fikrlar bildirildi.
Shuningdek, doktorantlar oʻz ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etdilar. Ularning olib borayotgan tadqiqotlari, erishilgan yutuqlari va mavjud muammolari atroflicha muhokama qilinib, ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion yondashuvlarni qoʻllash va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalalari alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari mavjud Kengashlar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Tadbir institutda ilmiy muhitni yanada mustahkamlash va zamonaviy ilmiy maktablarni shakllantirishga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati