ILMIY FAOLIYAT SAMARASI: SCOPUS VA WEB OF SCIENCE MAQOLALARI UCHUN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI

 Andijon davlat chet tillari institutida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro miqyosda nufuzli ilmiy jurnallarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish maqsadida navbatdagi moddiy rag‘batlantirish tadbiri o‘tkazildi.

 Tadbir davomida Scopus va Web of Science bazalarida maqolalar chop ettirgan professor-o‘qituvchilar moddiy rag‘bat bilan taqdirlandilar. Ushbu tashabbus ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda institutning ilmiy reytingini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 Institut rahbariyati bu kabi e’tirof va rag‘batlar kelgusida boshqa ilmiy izlanishlar uchun ham kuchli turtki bo‘lishini, yosh olimlar va tadqiqotchilarni yanada faol bo‘lishga undashini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 Mazkur jarayon institutning “Ilm-fan — taraqqiyot garovi” tamoyili asosida ilmiy faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content