

Bugun – 18.09.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida viloyat hokimi o‘rinbosari K.Komilov hamda institut rektori D.Rustamov boshchiligida rahbar xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 8-sentabr kuni ta’lim tizimiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Prezidentimiz ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega qilib tarbiyalash, o‘quv jarayoniga DUAL ta’lim tizimini keng joriy etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi.
Mazkur yig‘ilishda ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, institut faoliyatida yangi yondashuv va islohotlarni jadallashtirish, rahbar xodimlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida barcha rahbar xodimlarga belgilangan vazifalarni samarali bajarish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun mas’uliyat bilan yondashish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati