Andijon davlat chet tillari institutida “Amerika madaniyati klubi” ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

 Andijon davlat chet tillari institutida yangi xorijlik til o‘qituvchimiz — Nikol (AQSh) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amerika madaniyati klubi (ACC)”ning ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

 Dastlabki darsda talabalar bilan tanishuv, interaktiv suhbatlar va jamoaviy mashqlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar ingliz tilida erkin muloqot qilish, Amerika madaniyati va anʼanalari haqida yangi bilimlar olish, shuningdek, o‘zbek madaniyati va urf-odatlari bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 Nikolning ta’kidlashicha, klubning asosiy maqsadi — talabalar ingliz tilini amaliy mashg‘ulotlarda yanada rivojlantirishlari va ikki xalq madaniyati o‘rtasida ko‘prik yaratishdan iborat.

 Mashg‘ulotlar dushanba, chorshanba va juma kunlari 14:00–16:00da 411C-xonada davom etadi.

 Institutimizda bu kabi tashabbuslar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content