SP Jain Global University vakillari Andijon davlat chet tillari institutida!

 Bugun – 16.09.2025-yil kuni SP Jain Global University (dunyoning TOP-100 ta’lim muassasalari qatorida)dan professor Dr. Anshul Gupta va assistant manager Herick Rodrigueslar institutimizga tashrif buyurdilar.

 Tashrif doirasida mehmonlar tomonidan professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun “AI Workshop” va sun’iy intellekt boʻyicha seminar tashkil etildi. Unda sun’iy intellektning hozirgi kundagi imkoniyatlari, uni ta’lim va ilmiy faoliyatda qo‘llash yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

 Seminar davomida ishtirokchilar global tajribalar bilan tanishib, interaktiv muhokamalarda faol ishtirok etdilar.

 Mazkur tashrif institutimiz Xalqaro hamkorlik boʻlimi tashabbusi bilan tashkil qilinib, u xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va talabalar uchun zamonaviy bilimlar eshigini keng ochib berishga xizmat qiladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content