


Bugun Andijon davlat chet tillari institutiga jahon ta’lim maydonida yuqori nufuzga ega bo‘lgan, SP Jain Global universiteti (QS World University Rankings TOP-100 oliy ta’lim muassasalari qatorida) vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida:
Professor Dr. Anshul Gupta — sun’iy intellekt bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlar ustasi;
Assistant Manager Herick Rodrigues — xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha mutaxassis ishtirok etdi.
Mehmonlarni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov qabul qildi. Suhbat chog‘ida oliy ta’limdagi xalqaro integratsiya, talabalarga innovatsion bilimlarni yetkazish, ilmiy-tadqiqot hamkorliklarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati