Ta’lim sifatida yangi bosqich: Biz xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdik!

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-may kungi PQ-265-sonli «Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorining 1-ilovasi 16-bandida belgilanganidek, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida muhim amaliy qadamlar tashlanmoqda.

 Shu maqsadda Andijon davlat chet tillari institutining:

 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi 7 ta o‘quv dasturi;

 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi 7 ta o‘quv dasturi –

 jami 14 ta o‘quv dasturi xalqaro nufuzli The Accreditation and Rating International Agency (ARIA) tashkiloti tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

 Bugun ARIA xalqaro akkreditatsiya agentligi vakillari institutga tashrif buyurib, mazkur jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlarni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamovga tantanali ravishda topshirdilar.

 Bu yutuq — institutimiz o‘quv dasturlarining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi, ta’lim sifatining yuqori bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.

 Andijon davlat chet tillari instituti bundan buyon ham xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida izchil faoliyatini davom ettiradi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content