0

Bugun, 13-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari institutining barcha fakultetlarida yangi oʻquv yilini samarali tashkillashtirishga bagʻishlangan fakultet Kengash yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishlarda fakultet dekanlari raislik qildilar. Institut rahbariyati vakillari ishtirok etib, professor-oʻqituvchilardan kutilayotgan natijalar, ularning mas’uliyati hamda bildirilayotgan yuksak ishonch haqida oʻz fikrlarini yetkazdilar.
Ta’kidlanganidek, 15-sentabr kunidan e’tiboran institutda “1-kurs maktabi” hamda “Kredit-modul tizimini oʻrganish haftaligi” yakunlanib, yangi oʻquv yilining asosiy oʻquv mashgʻulotlariga start beriladi.
Uchrashuvlarda ta’lim sifatiga jiddiy e’tibor qaratish, oʻquv yilini butunlay yangi ruhda tashkil etish va talabalarning bilim olish jarayonini samarali yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati