

Andijon davlat chet tillari institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Da Guan Hua” xalqaro maktabi direktori Li Yaan Xong hamda bitiruvchi sinflar bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xuang Ji tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi – maktab bitiruvchilarining Andijon davlat chet tillari instituti bakalavriat yo‘nalishlariga qabul qilinishi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida xorijiy abituriyentlarga yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar va xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif xorijiy hamkorlik doirasida institutning xalqaro nufuzini oshirish, chet ellik yoshlarning ta’lim olishiga keng yo‘l ochish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati